Press-relizlar
Plastmassa va polimerlar dunyosi - Plastex Uzbekistan 2023 ko`rgazmasida

2023-yilning 4–6-oktabr kunlari Toshkent shahridagi "O‘zekspomarkaz" MKK, 3-, 4-pavilonlar va Atrium 2 zalida "Plastmassa sanoati – Plastex Uzbekistan 2023" 13-Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group tomonidan tashkillashtirilmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha tarmoqlari – sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohasi – mutanosib rivojlanmoqda. Sanoat sektorining jadal o‘sishi yuqori sifatli xom ashyo va materiallarga talabni oshiradi. Plastmassa va polimerlar bu jarayonning ajralmas qismidir: ular qadoqlash, avtomobil va elektrotexnika sanoatlari uchun muhim komponentlar hisoblanadi.
Plastmassa va polimerlarga bag‘ishlangan ushbu ko‘rgazma bozor ishtirokchilari uchun tajriba almashish, yangi shartnomalar tuzish va biznes aloqalarni rivojlantirish uchun muhim voqeaga aylanadi. Ko‘rgazma texnologik aloqalarni mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va investitsion muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.
Plastex Uzbekistan 2023 – O‘zbekistonda plastmassa va polimerlar sohasidagi yetakchi ko‘rgazmadir. U nafaqat O‘zbekiston, balki mintaqadagi boshqa davlatlar uchun ham muhim hisoblanadi. Har yili ko‘rgazma plastmassa sanoatining va unga aloqador sohalarning mutaxassislarini birlashtiradi.
Ko‘rgazmada zamonaviy uskunalar, ishlab chiqarish va qayta ishlashdagi eng so‘nggi texnologiyalar, ilmiy-tadqiqot natijalari, plastmassa va polimer bozorining dolzarb tendensiyalari namoyish etiladi. Bu — butun texnologik zanjir: xom ashyodan tayyor mahsulotlargacha.
2023-yilda ko‘rgazmada 8 davlatdan 200 dan ortiq kompaniya ishtirok etadi: Eron, Hindiston, Italiya, O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Turkmaniston, Xitoy. Bu ko‘rsatkich Plastex Uzbekistan tarixidagi mutlaq rekorddir va avvalgi ko‘rsatkichdan 2 barobar yuqoridir.
Rossiyadan – Moskva va Yaroslavl viloyatlaridan – kollektiv stendlarda termoplastavtomatlar, qadoqlash materiallari, granulalar va boshqa mahsulotlar taqdim etiladi.
Xitoydan 168 kompaniya qatnashadi. Ularning ekspozitsiyalarida quyidagilarni ko‘rish mumkin: quyish mashinalari, qog‘oz va plastmassa uchun uskunalar, termoformalash texnologiyalari, qadoqlash liniyalari, polietilen, zarqog‘oz va boshqalar.
Eron kompaniyalari dezinfektsiyalash vositalari, xom ashyo, polimerlar va neft-kimyo mahsulotlarini namoyish etadi.
Mahalliy ishtirokchilar ham keng turdagi mahsulotlarni taqdim etadi: termoelastoplastlar, yelimlar, polimer qistirmalar, shlanglar, tibbiy buyumlar, bolalar o‘yinchoqlari va boshqalar.
Maxsus bo‘lim "Qadoqlash va qog‘oz. Uskunalar va materiallar – O‘ZBEKinPRINT & PAPER 2023" 4-pavilonda joylashgan. U yerda siz qog‘oz ishlab chiqarish, qadoqlash va bosmaga oid eng yangi uskunalar bilan tanishishingiz mumkin.
Ko‘rgazmaning muhim xususiyati – ko‘plab jihozlarning amaliy namoyishi bo‘lib, mutaxassislar ularni joyida ko‘rish va maslahat olish imkoniga ega.
An’anaga ko‘ra, Plastex Uzbekistan – uchrashuvlar, yangi texnologiyalar va hamkorlikni rivojlantirish uchun eng yaxshi platforma.
Rasmiy ko‘mak: O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi
Tashkiliy ko‘mak: "O‘zekspomarkaz" MKK AJ
Bosh axborot hamkori: O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK)
![]() |
![]() |
Hamkor:

Ko‘rgazma tashkilotchisi: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori – ICA Eurasia Group.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling.
Tel: + (998 71) 205 18 18, E-mail: pr@iteca.uz, Web: www.plastex.uz