Ko`rgazma haqida
Plastex Uzbekistan – plastmassa va polimerlar ishlab chiqarish bo‘yicha eng yangi texnologiyalar va yechimlarni taqdim etish platformasi. Polimer sanoatida biznesni rivojlantirish uchun noyob vosita.Ishlab chiqarishdagi eng ilg‘or ishlanmalarni - asbob-uskunalar va texnologiyalardan tortib, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlarni namoyish qilish uchun tegishli sohalar mutaxassislarini birlashtirgan muhim sohaviy platforma.
2025 yildan boshlab ko‘rgazma kengaytirilgan formatda – poligrafiya, qadoqlash, plastmassa va polimerlarni birlashtirgan 4P Central Asia bilan birgalikda o‘tkaziladi.
Sanoatning to‘rt yo‘nalishini bir maydonda, bir sanada birlashtirish tamoyili mutaxassislarga bir nechta turdosh tarmoqlar doirasida individual va kompleks yechimlarni topish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
4P Central Asianing asosiy maqsadi - ishlab chiqarish zanjirining to‘liq siklini – polimer, poligrafiya va qadoqlash sanoatining o‘zaro ta’sirini namoyish etish orqali keng qamrovli yechimlarni taklif qilishdan iborat.
Plastmassalar sanoatida yangi mahsulotlar va innovatsion yechimlarni ishga tushirish uchun Oʻzbekistondagi yagona platformaning afzalliklari:
- turli o'lchamdagi va professional yo'nalishdagi kompaniyalar;
- xorijiy va mahalliy soha o’yinchilaridan raqobatbardosh takliflarning keng tanlovi;
- mintaqada foydali biznes aloqalarini o'rnatish imkoniyati.