Ishtirok etishning afzalliklari
Plastex Uzbekistan – Markaziy Osiyodagi yirik polimer ko‘rgazmasi.Ko'rgazma ekspozitsiyasi polimer sanoatining butun tsiklini - xom ashyo va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishdan tortib, qayta ishlash va utilizatsiya qilishgacha bo'lgan butun yo'nalishni o'z ichiga olgan bir nechta tegishli sohalarni bir maydonda birlashtiradi.
Ko‘rgazma soha imkoniyatlarini namoyish etish, hozirgi tendensiyalarni muhokama qilish, innovatsiyalarni taqdim etish va keng mijozlar bazasini shakllantirish imkonini beradi.
Ishtirokchilarning miqyosi, tarkibi va geografiyasi (ishtirokchilar ro‘yxatiga havola), shuningdek taqdim etilgan brendlar soni va tashrif buyuruvchilarning profil auditoriyasi bo‘yicha O‘zbekistonda ko’rgazmaga teng keladigan tadbir mavjud emas.
Plastex Uzbekistan’da ishtirok etish kompaniyangizga savdo hajmini oshirish, brend va mahsulot haqida xabardorlikni kuchaytirish hamda sotuvlar geografiyasini kengaytirish imkonini beradi.
Plastex Uzbekistan – bu soha kelajagi haqida muloqotdir.
Asosiy muammolar va tendentsiyalarni, jumladan barqaror rivojlanish, chiqindilarni qayta ishlash va yangi sifat standartlarini joriy etishni muhokama qilish uchun imkoniyat.
Ko‘rgazmaga bag’ishlangan onlayn, oflayn va PR-aktivatsiyalarni qamrab olgan keng ko‘lamli promokampaniya yil bo‘yi O‘zbekistonda va xorijda olib borilmoqda.