15-yubiley Xalqaro «Plastmassalar sanoati – Plastex Uzbekistan 2025» ko’rgazmasi

23 - 25 sentabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

4P Central Asia

4P Central Asia innovatsion B2B platformasi bo‘lib, poligrafiya, qadoqlash, plastmassa va polimerlar industriyasida mahsulotlar, texnologiyalar va innovatsiyalarni namoyish etish uchun mo‘ljallangan.

Sanoatning 4ta yoʻnalishini bir maydonda, bir sanada birlashtirish tamoyili mutaxassislarga bir nechta turdosh sohalarda individual va kompleks yechimlarni topish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.

4P Central Asia'ning asosiy vazifasi – polimer, bosma va qadoqlash sohalarining oʻzaro aloqasini – ishlab chiqarish zanjirining toʻliq siklini namoyish etib, har tomonlama yechimlarni taklif qilish.

Eksponentlar profili

BOSMA ISHI VA POLIGRAFIYA:
Bosma uskunalari va texnologiyalar, Bosma uchun bo’yoqlar, Qogʻoz va xomashyo

QADOQLASH:Qadoqlash va taqsimlash uskunalari Qadoqlash, Yordamchi uskunalar

PLASTMASSA:Plastmassa va rezina sanoati uchun mashinalar va uskunalar, Xomashyo, Yordamchi materiallar, Plastmassa buyumlar va qayta ishlash

​​​​​NEFT-KIMYO:Polimerlar, Polipropilen, Olefinlar, Sintetik tolalar, Elastomerlar, Boʻyoqlar, Kimyoviy reagentlar, Laboratoriya uskunalari

450 dan ortiq kompaniyaning ishtiroki kutilmoqda, bu 4P Central Asia'ning mintaqadagi eng nufuzli sanoat koʻrgazmalaridan biri sifatidagi maqomini tasdiqlaydi.

Kimlar uchun ishtirok etish muhimdir:

1. Qadoqlash materiallari va uskunalarini ishlab chiqaruvchilari
  • 4P Central Asia — mintaqadagi asosiy soha maydonchasi boʻlib, bu yerda mahsulotlarni professional auditoriyaga - qayta ishlovchilardan tortib, yakuniy buyurtmachilargacha - taqdim etish mumkin.
  • Oʻzbekiston oziq-ovqat, farmatsevtika va kimyo sanoatida qadoqlashni mahalliylashtirishni faol rivojlantirmoqda, zamonaviy texnologiyalarga talab yildan yilga oshib bormoqda.

2. Poligrafiya kompaniyalari
  • Koʻrgazma bosmaxonalar, sarf materiallari va texnologiyalar yetkazib beruvchilarni birlashtiradi, bu yerda FMCG, farmatsevtika va riteyl sohasidagi buyurtmachilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri myloqot qilish mumkin.
  • Ichki qadoqlash bozorining oʻsishi fonida raqamli, ofset, etiketkali bosma imkoniyatlarini namoyish etish imkoniyati.

3. Qadoqlash, plyonkalar, laklar, yelimlar, bo’yoqqar distribyutorlari va yetkazib beruvchilari
  • Koʻrgazma oziq-ovqat, ichimliklar, maishiy kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni — qadoqlash va markalash boʻyicha ishonchli yechimlarni izlayotgan maqsadli mijozlarni jalb qiladi.

4. Logistika va omborxona kompaniyalari
  • Qadoqlash — logistika zanjirining yakuniy bosqichidir. Koʻrgazmada markalash, qadoqlash va tashish boʻyicha kompleks yechimlarni taklif qilish mumkin.

5. Ekologik toza qadoq sohasidagi startaplar va innovatsion kompaniyalar
  • 4P Central Asia — yashil texnologiyalarga global oʻtish kontekstida mintaqada talabga ega boʻlgan ekologik toza, biologik parchalanadigan yechimlarni namoyish etish uchun samarali maydoncha.

Ishonchli raqamlar:
  • eksponentlarning 62% shartnomalarni toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrgazmada tuzdilar.
  • 54% yangi ishbilarmonlik aloqalarini oʻrnatdilar.
  • 92% bu yil ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
  • 95% koʻrgazmada ishtirok etishni strategik jihatdan muhim deb hisoblaydi.
Yangi mijozlarni jalb qilish, bozordagi oʻrningizni mustahkamlash va shartnomalar tuzishni xohlaysizmi?

23-25 sentabr kunlari boʻlib oʻtadigan 4P Central Asia 2025 koʻrgazmasida ishtirok eting, uning biznes samaradorligiga minglab kompaniyalar 15 yildan buyon ishonch bildirishmoqda!

Stendni bugunoq bron qiling va sanoatning asosiy tadbiriga aʼzo boʻling!