15-yubiley Xalqaro «Plastmassalar sanoati – Plastex Uzbekistan 2025» ko’rgazmasi

23 - 25 sentabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Press-relizlar

Plastex Uzbekistan 2022 ko‘rgazmasi plastmassa va polimerlar olamidagi eng so‘nggi mahsulotlarni namoyish etadi


2022-yilning 28-30-sentabr kunlari Toshkent shahridagi "O‘zekspomarkaz"da "Plastmassa sanoati – Plastex Uzbekistan 2022" XII Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Plastex Uzbekistan 2022 ko‘rgazmasi plastmassa sohasidagi ishlanmalar va tadqiqotlar natijalari, mahsulot va uskunalarning eng yangi turlari, yangi ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyalari, shuningdek, polimer bozorini rivojlantirishning so‘nggi tendensiyalariga e'tibor qaratadi. Mutaxassislarga amaldagi plastmassa ishlab chiqarish va qayta ishlash uskunalari, kimyo, neft-kimyo, to‘qimachilik va avtomobilsozlik sanoati uchun xom ashyo va boshqa ko‘plab mahsulotlar taklif etiladi.

Bu yil ko‘rgazmada 7 davlatdan: Hindiston, Eron, Xitoy, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya, O'zbekistondan 27 kompaniya ishtirok etadi. Ko‘rgazmada ilk bor Turkmaniston kompaniyasi taqdim etiladi.

Ko‘p yillar davomida ko‘rgazma qurilish, qadoqlash va qayta ishlash sanoatining istiqbolli segmentlari mutaxassislarining e'tiborini tortdi. Ko‘rgazmaning "Chemie Uzbekistan" nomli ixtisoslashtirilgan bo‘limi kimyo majmuasining barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan bo‘lib, shu bilan kimyo sohasidagi zamonaviy yutuqlarning to‘liq tasvirini taqdim etadi.

Shuningdek, 29-sentabr kuni ko‘rgazma doirasida TELKO SmartFuture™ning "Qishloq xo‘jaligi uchun zamonaviy plastik yechimlar" konferentsiyasi bo‘lib o‘tadi, bu irrigatsiya, qishloq xo‘jaligi texnologiyasi va boshqalar soha mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otadi.

Plastex Uzbekistan 2022 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar sonining doimiy o‘sib borayotgani e'tiborning ko‘rsatkichidir. Masalan, 2021 yilda 4033 ta soha mutaxassislari ko'rgazmaga tashrif buyurdi.

Ko‘rgazma xorijlik ishlab chiqaruvchilarning O‘zbekistonning yangi va jadal rivojlanayotgan bozoriga kirib kelishiga hissa qo‘shadi va o‘zini samarali xalqaro ishbilarmonlik tadbiri sifatida ko‘rsatdi.
Rasmiy ko'mak: - O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi - O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
Tashkiliy ko'mak: "O'zekspomarkaz" MKK AJ
Bosh axborot hamkori: O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK)


Hamkor:

Tadbir tashkilotchilari Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori – ICA Eurasia sohaning bosh idorasi - "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Qo'shimcha ma'lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling.
Tel: + (998 71) 205 18 18, Faks: + (998 71) 237 22 72 E-mail: pr@iteca.uz; Web: www.iteca.uz