Press-relizlar
O`ZuPACK –O`ZBEKinPRINT va Plastex Uzbekistan – tarmoq rivojining yangi ufqlari.
Iteca Exhibitions 2019 yilning 9–11 oktabr kunlari MKKM "O'zekspomarkaz"ning 1- va 2-pavilonlarida bo‘lib o‘tadigan “Qadoqlash va bosma ishi – O’ZuPACK – O’ZBEKinPRINT 2019” va “Plastmassalar va polimerlar sanoati – Plastex Uzbekistan 2019” ko‘rgazmalari bilan o‘z mavsumini davom ettiradi.
O’ZuPACK – O’ZBEKinPRINT va Plastex Uzbekistan — biznes uchun jozibali imkoniyatlarni ochib, kompaniyalarga ilg‘or texnologiyalarini, mashinalarini va xizmatlarini taqdim etish imkonini beruvchi, bosma ishi, qadoqlash va plastmassa tarmoqlarini birlashtiradigan yagona biznes maydon bo‘ladi.
Ko‘rgazmalar har yili O‘zbekiston bozorida o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda va mahalliy hamda xorijiy kompaniyalarning ko‘plab sonini jalb qilmoqda. 13 mamlakatdan 180 kompaniya qatnashmoqda: Germaniya, Hindiston, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Portugaliya, Rossiya, Turkiya, AQSh, O‘zbekiston, Frantsiya, Shveytsariya, Yaponiya.
Plastex Uzbekistan – O‘zbekistondagi eng yirik plastmassa va polimer sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib, butun tarmoqni bir joyga jamlaydi.
2019 yilda Erondan 8 ta yirik propilen ishlab chiqaruvchi kompaniya qatnashmoqda: Petro Plast Jalilvand, Amir Kabir, Vision Polymer, Ava Polymer, Arvin Faraz Azadi, Kimia Javid Sepahan, Polimersell, Modiran.
Evropalik debyutantlar: Moldetipo (Portugaliya), Integral Petroleum (Shveytsariya), ESOPP (Frantsiya). Shuningdek, Hindiston, Turkiya, Rossiya va Germaniyadan kompaniyalar ham ishtirok etmoqda.
O‘zbekistondan: ZARIN GRANUL va Shofirkon Super Auto kompaniyalari. Xitoy – 126 ta kompaniya bilan eng katta ekspozitsiya maydoniga ega.
O’ZuPACK – O’ZBEKinPRINT ko‘rgazmasida siz qadoqlash bo‘yicha to‘liq echimlarni, oziq-ovqat, farmatsevtika, sanoat mahsulotlari uchun ishlab chiqaruvchilarni uchratishingiz mumkin. Poligrafiya sohasi to‘liq taqdim etiladi: flesko, ofset, chuqur va raqamli bosma hamda ularning materiallari.
Ishtirokchilar: XEROX (AQSh), GARANT, HAVER & BOECKER, WINDMOELLER & HOELSCHER (Germaniya), OMAG (Italiya), ANSER CODING INC (Tayvan), VIDEOJET TECHNOLOGIES (AQSh), VIP Systems (Germaniya), Savior (Turkiya) va boshqalar.
Polimaks kompaniyasi yuqori sifatli bosma texnologiyalarini namoyish etadi: polietilen/polipropilen plyonka, bosmali qadoqlar va yorliqlar ishlab chiqaradi.
ATK Turon – KONICA MINOLTA, RISO, ACCO va boshqa global brendlar bilan hamkor. U ko‘rgazmada printerlar, laminatorlar, ko‘p funksiyali qurilmalarni taqdim etadi.
Deybutantlar: Bak Ambalaj (Turkiya), Mimaki (Yaponiya), ko‘rgazmada Smart-T (Rossiya) tomonidan namoyish etiladi.
Amaliy dastur:
- 10 oktabr, 14:00 — ExxonMobil seminari (VIP hudud, 1-pavilon), "Telko Solution" materiallari taqdimoti.
- 10 oktabr — poligrafchilarning "Hamkorlik" forumi (150 ta kompaniya, 100 ta nashriyot rahbarlari va OTM professorlari).
Ko‘rgazmalarning asosiy xususiyati — uskunalarni ish jarayonida namoyish etilishi. Mutaxassislar maslahat olishi va texnikani sinab ko‘rishi mumkin.
2019–2025 yillarda ko‘rgazmalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan milliy eksport tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Korxonalar tayyor mahsulotlar, meva-sabzavot, farmatsevtika, to‘qimachilik, kimyo sanoati uchun texnologiya va xomashyo importiga investitsiya kiritmoqda.
Ko‘rgazma tashkilotchilari:
- AJ "O‘zkimyosanoat"
- O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
- O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
Tashkiliy ko‘mak: AJ MKKM "O‘zekspomarkaz"
Texnik hamkor: LED design
Matbuot xizmati uchun aloqa:
Tel.: +998 (71) 205 18 18
Faks: +998 (71) 237 22 72
E-mail: guzal.artykova@iteca.uz
Veb-sayt: www.iteca.uz