15-yubiley Xalqaro «Plastmassalar sanoati – Plastex Uzbekistan 2025» ko’rgazmasi

23 - 25 sentabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Press-relizlar

"Sanoat uchun innovatsiyalar" - xalqaro ko`rgazmalarning yagona shiori



Sanoat ko'rgazmalari seriyasi Iteca Exhibitions xalqaro kompaniyasi va uning hamkori ICA Group ko'rgazma mavsumini yakunlaydi. Sanoat namoyishi 2021-yil 3-noyabrdan 5-noyabrgacha Anhor Park maydonida bo'lib o'tadi. Bu yil sanoat ekspozitsiyasi to'rtta sohaviy tematikasini "sanoat uchun innovatsiyalar" shiori ostida birlashtiradi, bu esa har bir ko'rgazmaning kontseptsiyasini aniq ta'kidlaydi:

• 15-yubiley Xalqaro "Tog'-konchilik, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2021"ko'rgazmasi;
• 17-Xalqaro "Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2021" ko'rgazmasi;
• 12-Markaziy Osiyo xalqaro "Umumiy xavfsizlik tizimlari – Securex Uzbekistan 2021" ko'rgazmasi;
• 11-Xalqaro "Plastmassa va polimerlar sanoati – Plastex Uzbekistan 2021" ko'rgazmasi.

Bitta voqea, bitta platformada to'rtta profil segmenti – sanoatning yetakchi o'yinchilaridan yangi boshlaganlargacha, o'z innovatsiyalarini namoyish etish, yetkazib beruvchilarni topish, muhim ahamiyatli aloqalarni o'rnatish va eng so'nggi sohaviy tendentsiyalaridan xabardor bo'lish imkonini beruvchi formatdir.
O‘tgan yili ko‘rgazmalar o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan pauza, shuningdek, qattiq karantin qoidalari va cheklovlari to'siq bo'lmadi, aksincha, jonli uchrashuvlarning dolzarbligini kuchaytirdi. Avvalgi yillarda bo'lgani kabi, sanoat ko'rgazmalarida jahon yetakchilari qatoriga kiruvchi mahalliy va xalqaro kompaniyalar ham ishtirok etmoqda, bular 14 mamlakatdan 120 ta kompaniya, jumladan, Avstriya, Belarus, Germaniya, Hindiston, Italiya, Qozog'iston, Kanada, Xitoy, Pokiston, Rossiya, AQSh, Turkiya, O'zbekiston, Eron.

Germaniya, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi hududlari milliy guruhlari, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi Shandun provintsiyasi eksportchilarining maxsus ekspozitsiyasi namoyish etiladi.

Sanoatning asosiy tarmoqlarini zamonaviylashtirish, sohalararo hamkorlik, shu jumladan, xorijiy mamlakatlar bilan rivojlantirish sur'ati va ustuvor vazifalari ishlab chiqarish jarayonlariga turli segmentlarda faoliyat yuritayotgan bir nechta kompaniyalar jalb etilishini talab qiladi. Bu borada eng yaxshi yangilik va xizmatlarni namoyish etadigan turli sohalarning bunday qo'shma namoyishi barcha sanoatchilar uchun asosiy voqea bo'ladi. Tashrifchi-mutaxassislarning qulayligi uchun barcha ekspozitsiyalar eng yangi sanoat texnologiyalari, uskunalari, asboblari, komponentlari, xizmatlarining taqdimotlari o'tkaziladigan sanoat ko'rgazmalariga muvofiq segmentlanadi.
Shunday qilib, 15-yubiley Xalqaro "Tog'-konchilik, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2021" ko'rgazmasi tog'-kon va metallurgiya, mashinasozlik sanoati va metallni qayta ishlash uchun texnologik yangiliklarni taqdim etadi. Tashkil etilgan kundan boshlab, MiningMetals Uzbekistan har yili yuzlab ishtirokchi kompaniyalar va minglab tashrifchilarni to'plab, O'zbekistonda kon-metallurgiya tarmog'ining bosh tarmoq namoyishi maqomini mustahkam saqlab kelmoqda. Yubiley ko'rgazmasi ishtirokchilarining stendlarida tog'-kon, metallurgiya sanoati uchun uskunalar, metallga ishlov berish dastgohlari, kon ishlari uchun maxsus texnika namoyish etiladi. Bu yil ko'rgazma yana Germaniyaning milliy guruhini qabul qiladi, uning tarkibida Yevropaning eng mashhur to'qqizta kompaniyasi, shu jumladan AUMUND FÖRDERTECHNIK, BECKER MINING, DOPPELMAYR, DÜCHTING PUMPEN MASCHINENFABRIK, ENGINEERING DOBERSEK, HAVER NIAGARA, HUESKER SYNTHETIC, MASCHINENFABRIK KÖPPERN, SCHADE LAGERTECHNIK, THYSSENKRUPP.
Ko'rgazmada birinchi marta Xitoy Xalq Respublikasi Shandun provintsiyasining milliy guruhi debyut qiladi. 50 nafar eksportchi kompaniyalar tarkibidagi ekspozitsiya "Shandun provintsiyasining eksporti" brendi ostida joylashtiriladi, bu 26 mingdan ortiq sanoat korxonalari joylashgan asosiy provintsiyalardan biri bo'lib, ular 100 dan ortiq mahsulot ishlab chiqaradi. Shandun provintsiyasi Xitoy iqtisodiyotidagi birinchi o'rinlardan birini egallaydi, yuqori texnologiyali tarmoqlar ishlab chiqarish hajmi sanoatning umumiy ishlab chiqarish hajmining 45,1 foizini tashkil etadi.
Rossiya bayrog'i ostidagi bir qator kompaniyalar: "Kirovgrad qattiq qotishmalar zavodi", "Kompozit" IIChB, "Егорьевский завод РТИ", "L.Ya. Karpov nomidagi kimyo zavodi" va boshqalar.
Debyutantlar orasida: Paranthaman Exporters-India (Hindiston) - dunyodagi yetakchi burg'ulash va qidiruv qurilmalarini ishlab chiqaruvchilardan biri, Turkiya kompaniyalari - Tufekcioglu Kaucuk – tog‘-kon, shisha-keramika va agregat sanoatida xizmat ko‘rsatadi, shu jumladan maydalash uchun ishlatiladigan rezina qoplamli tegirmonlar, boyitish mashinalari va ehtiyot qismlar. S TEK MADENCİLİK SAN.TİC. A.Ş. – tog‘-kon sanoatida ishlatiladigan yuqori sifatli va xavfsiz mashina va uskunalar, EGE ATLAS - yer osti va ochiq konlarni qazib olish uchun ishlatiladigan mashinalar va uskunalar uchun xizmat qilish, ta'mirlash, va ehtiyot qismlarni yetkazib berish.

Biznes-Aziya xoldingi - ichki bozordagi eng yirik metall treyderi, Tradegroup Ltd. - sanoat korxonalari uchun uskunalar yetkazib beruvchi - O‘zbekistonni namoyish etadi.

Shuningdek, ko'rgazma ishtirokchilari orasida Zeppelin International (O'zbekiston/Germaniya — O'zbekistonda Caterpillar brendi ostida jahonga mashhur maxsus texnika ishlab chiqaruvchisining rasmiy dileri, "LECO" korporatsiyasi (AQSh), ONS Frankfurt xalqaro injiniring kompaniyasi (O'zbekiston/Germaniya), FICEP SPA (Italiya) – metall prokat uchun dastgohlar va yig'ish liniyalari ishlab chiqaruvchisi.

"MiningMetals Uzbekistan 2021" ish dasturi doirasida 3-O'zbekiston xalqaro kon forumi – UIMF 2021 bo'lib o'tadi. Forumning kun tartibi mazmunga boy, tadbir 2021-yil 3-noyabrdan 4-noyabrgacha, yuzma-yuz formatda, ko'rgazma bilan bir maydonda joylashgan anjumanlar zonasida bo'lib o'tadi.

17-Xalqaro "Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2021" ko‘rgazmasi ekspozitsiyasini 12 ta hududiy aeroportlar va respublikaning asosiy havo bandargohi – Toshkent xalqaro aeroportini birlashtirgan "Uzbekistan Airports" kompaniyasi stendi boshqaradi. Ushbu debyut ishtiroki mahalliy transport-logistika sanoatida ro'y berayotgan global o‘zgarishlarni, xususan, aeroportlarni ularning infratuzilmasini rivojlantirish va yangi texnologiyalarni joriy etishni hisobga olgan holda transformatsiya qilish dasturini amalga oshirishdan dalolat beradi.

Xalqaro ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda strategik o‘rinni egallaydi va rivojlangan transport infratuzilmasiga ega. Kelgusi oʻn yil ichida Oʻzbekistonning investitsion salohiyati 65 milliardni tashkil etadi, shundan 20 milliard dollargachasi noxom ashyo tarmoqlariga yoʻnaltiriladi. Bunday optimistik prognozlar integratsiyadan manfaatdor jiddiy ishtirokchilar uchun ko'rgazmada debyut ishtirokiga turtki boʻldi.

Ular orasida ko'rgazmaning an'anaviy ishtirokchilari: МТЗ Трансмаш (Rossiya), APS (Belarus Respublikasi), Qozog'istondan debyutantlar: Orient Logistik, EuroTranzit – loyihaviy tashish, katta o'lchamdagi, og'ir yuklarni va nostandart o'lchamdagi yuklarni tashish, PTC Holding – Markaziy Osiyodagi eng yirik turli xil temir yo'l harakat tarkibi egalari va operatorlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, yangi kelganlar orasida Dezhou Yiiie Motors (XXR) elektromobillar qatorini taqdim etadi.

12-Markaziy Osiyo xalqaro "Securex Uzbekistan 2021" ko‘rgazmasida, avvalo, sanoat maqsadlarida foydalaniladigan obyektlarni majmuaviy qo‘riqlash va yong‘indan himoya qilish masalalari diqqat markazida bo‘ladi. Ko'rgazma doirasidagi taqdimotlar deyarli barcha mutaxassislarda qiziqish uyg'otadi, chunki ular xavfsizlikni ta'minlashning bir qator uskunalari va yangi yondashuvlarini, xususan: sanoat obyektlarida xavfsizlikni ta'minlash uchun texnik vositalari, yong'in va tutun sodir bo'lganda ogohlantirish tizimlari, videokuzatuv tizimlari, AKT infratuzilmasi, ratsiyalar, hujjatlarning haqiqiyligini aniqlash detektorlari, favqulodda vaziyatlarga javob qaytarish texnologiyalari va boshqalarni taqdim etadi.

Ko'rgazma doirasida davlat suverenitetini, hududiy yaxlitligini ta'minlash, respublika manfaatlarini himoya qilish va aholining tinch-osoyishta hayotini ta'minlash uchun zarur bo'lgan texnik jihozlar ham mavjud. So'nggi mahalliy ishlanmalar, dasturiy ta'minot va maxsus transport O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi stendida taqdim etiladi.
Eng ko'p tashrif buyurilishi kutilayotgan doimiy ishtirokchilar stendlari: HIKVISION Tashkent (O'zbekiston) – jahonga mashhur brend ostida videokuzatuv tizimlari; HUAWEI (O'zbekiston) - jahonning yetakchi AKT infratuzilmasi va aqlli qurilmalar yetkazib beruvchi vakili; "Регула" (Belarus Respublikasi) - hujjatlar, pul belgilari va qog'ozlarning haqiqiyligini tekshirish uchun ekspert mahsulotlarining eng yirik ishlab chiqaruvchisi; "Полимастер" (Belarus Respublikasi) – radiatsiyani aniqlash, monitoring qilish va nazorat qilish uchun professional uskunalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish va boshqalar.
Securex Uzbekistan 2021'da ilk marotaba Pokiston Respublikasining milliy stendi ishtirok etadi, unda eksportchi kompaniyalar: kuchishlatarlar tuzilmalar uchun askariy anjomlar, maxsus poyafzal, telekommunikatsiya va elektron qurilmalar, yuzni aniqlash tizimlari, metall detektorlari namoyish etadilar.
Rossiya Federatsiyasi ham faol ishtiroki bilan ajralib turadi, Omsk va Tomsk oblastlari kompaniyalari jamoaviy stendlar bilan chiqishadi, shuningdek: "Энергоконтракт" DK (Rossiya) - zamonaviy yong'inga chidamli materiallardan tayyorlangan ShHV; "ОЛЬВИЯ" MChJ (Rossiya) - yo'l harakati qoidalari buzilishini foto va video orqali qayd etishning maxsus texnik vositalari; "Брасско" MChJ (Rossiya) - avtomatik yong'in o'chirish tizimlari.
11-Xalqaro "Plastex Uzbekistan 2021" ko‘rgazmasi plastmassa va polimer sanoati uchun texnologiyalarning innovatsion namoyishi bilan ajralib turadi. Iqtisodiyotning ustun tarmoqlari: mashinasozlik, avtomobilsozlik, transport, qo'shma sanoat ko'rgazmasida namoyish etilgan – polimerlar va xom ashyolardan keng foydalaniladi. O`zbekistondagi yagona sohaviy ko'rgazmasi talabi yuqori bo'lgan mahsulotlarni yetkazib berish bilan shug'ullanadigan mahalliy kompaniyalarni namoyish etadi: Alvina L chemical – polimer xom ashyosini (PP, PE, PVX, EPS, ABS), shuningdek bo'yoqlar va kimyoviy qo'shimchalar yetkazib berish; Integral Shipping and Trading – neft mahsulotlari, neft kimyosi, Polymer Gas – PVX granulalar.
Uskunalar quyidagi kompaniyalar tomonidan taqdim etiladi: Meridian - A (O'zbekiston) – bosma qolip ishlab chiqarish, bosim ostida plastmassa quyish va plastmassa puflash; Jon Wai Machinery (Xitoy/Tayvan) – bosim ostida plastmassani quyish uchun uskunalar (ular plastmassadan kichik detallarni seriyali ishlab chiqarishga imkon beradi – yuqori aniqlik bilan har qanday murakkablik shaklida, har qanday turdagi plastmassa va ko'plab turli xildagi shakllar uchun mos keladi); Алеко Машинери (Rossiya) - polimer plyonkalarni ekstruziyalash uchun liniyalar, dozalash tizimlari va polimer maydalagichlari; Lohia Corp Limited (Hindiston) - yuqori sifatli PP / HDPE iplarini ishlab chiqarish uchun ekstruziya liniyalari (to'qima qoplar, yumshoq og'ir yuk konteynerlari, ya'ni moslashuvchan og'ir yuk konteynerlari (FIBCs), gilam bazasi qatlami, suv o'tkazmaydigan brezentlar, geotekstil, agrotekstil, o'rash matolari, arqonlar va shpagatlar ishlab chiqaruvchilari uchun); Haitian Group (Xitoy) – injeksion-quyish mashinalari (termoplasavtomatlar, TPA) va boshqalar.
Ishtirokchilarning bunday keng qamrovi va geografiyasi O'zbekistonda COVID'dan so'ng o'tkaziladigan sanoat ko'rgazmalari tarixida birinchi marta qayd etiladi. To'rtta profil segmenti + xalqaro sanoat forumi bitta platformada - bu mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nafaqat o'z innovatsiyalarini namoyish etish, yetkazib beruvchilarni, savdo bozorlarini topish, muhim ahamiyatli aloqalarni o'rnatish va sanoatning so'nggi tendentsiyalaridan xabardor bo'lish, balki ushbu sohalarning kesishish nuqtasida hamkorlar bilan umumiy til topish imkonini beradigan formatdir.

Koʻrgazmalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Koronavirusga qarshi kurash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan barcha meʼyor va talablarga, shuningdek, Jahon koʻrgazma sanoati uyushmasi (UFI) tomonidan ishlab chiqilgan standartlarga qatʼiy rioya qilgan holda oʻtkaziladi.
Rasmiy ko'mak ko'rsatdi:
• O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
• O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
• O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
• O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
• O'zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasi
• O'zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi
• O'zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati bo'yicha davlat qo'mitasi
• O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
• O'zkimyosanoat, AK
• O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi

Texnik hamkor: Led Design Group

Tadbir Iteca Exhibitions va uning hamkori – ICA Group xalqaro ko‘rgazma kompaniyalari tomonidan tashkil etilmoqda.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling
Tel: (998 71) 205 18 18, faks (998 71) 237 22 72
Email: pr@iteca.uz, www.mining.uz, www.trans.uz, www.plastex.uz, www.securex.uz