Press-relizlar
Plastex Uzbekistan 2026 - polimer sanoatini rivojlantirish uchun zamonaviy imkoniyatlar

16-xalqaro "Plastmassa va polimerlar sanoati - Plastex Uzbekistan 2026" ko‘rgazmasi 2026-yil 22-24-sentabr kunlari "O‘zekspomarkaz" MKKda bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Plastex Uzbekistan - O‘zbekistondagi yagona va Markaziy Osiyodagi eng yirik plastmassa va polimerlar sanoati ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi.
Joriy yilda ko‘rgazmada 255 ta kompaniya o‘z yechimlarini namoyish etadi, ishtirokchi davlatlar orasida - Avstriya, BAA, Eron, Germaniya, Hindiston, Italiya, Koreya Respublikasi, Latviya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Turkiya, Xitoy, O‘zbekiston.
Bu yilgi ko'rgazmani kuchli homiylar tarkibi qo'llab-quvvatlamoqda: ko'rgazmasining Oltin homiysi Sedir & Yizumi - dunyodagi yetakchi TPA ishlab chiqaruvchisi Yizumi brendining Markaziy Osiyodagi eksklyuziv distribyutori, Kumush homiy - Alvina L Chemical - sanoat kimyosi va xom ashyo uchun ilg'or yechimlar va Kumush homiy - Haitian – plastmassalarni bosim ostida quyish va sanoat mashinasozligi sohasida etalon.
O‘zbekistonda polimer sanoati jadal rivojlanmoqda: 2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda 2,9 mingta tegishli korxona ro‘yxatga olingan. 2025-yilda rezina va plastmassa buyumlari ishlab chiqarish hajmi 21,4 trillion so‘mga (+20,4%) yetdi, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida esa 6,2 trillion so‘mni (+25,7%) tashkil etdi. Soha xomashyoni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar (quvurlar, profillar, plyonkalar) ishlab chiqarishga e’tiborni faol ravishda qaratmoqda, bu esa polipropilenga bo‘lgan talabning 26 foizga oshishiga sabab bo‘ldi.
Bunday dinamika korxonalarning modernizatsiya, assortimentni kengaytirish va samaradorlikni oshirish uchun texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojini oshirmoqda. Shu fonda Plastex Uzbekistan 2026 ishlab chiqaruvchilar, texnologiyalar, xomashyo va uskunalar yetkazib beruvchilar hamda qayta ishlash korxonalari vakillarini birlashtirib, professional muloqot va tarmoq aloqalarini rivojlantirish uchun muhim maydonga aylanmoqda.
Uskunalarning eng talabgir segmentlaridan biri bosim ostida quyish uchun termoplastavtomatlar (TPA) bo‘lib qolmoqda. Ular ommaviy iste’mol mahsulotlari va qadoqlash yechimlaridan tortib murakkab sanoat detallari va avtomobil komponentlarigacha bo‘lgan keng assortimentdagi alohida buyumlarni ommaviy ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Ko‘rgazmada turli quvvatdagi termoplastavtomatlar, to‘liq elektrli mashinalar, press-qoliplar, robotlashtirilgan tizimlar va yordamchi uskunalar namoyish etiladi.
Ushbu segmentda ENGEL GmbH (Turkiya), NINGBO HAIDA PLASTIC MACHINERY, YUNO MOULD (Xitoy), KARVON TRADE, ANDIJONAVTOGAZ, AOTAI MASTERBATCH (O'zbekiston), DEFINITIVE INNOVATION (Italiya) ishtirok etadi.
An’anaviy modellar bilan bir qatorda energiya sarfini kamaytirish imkonini beruvchi servodrayvli TPAlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday texnologiyalarni BORCHE, HAITIAN va Yizumi brendlari namoyish etadi.
Sanoatda quvurlar, profillar, listlar, qadoqlash va issiqxona plyonkalari ishlab chiqarishda talab yuqori bo‘lgan ekstruzion uskunalar ham keng qo‘llaniladi. Uskunalar yangi korxonalarni yo‘lga qo‘yishda ham, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilishda ham talabga ega.
Ko‘rgazmada bir, ikki va ko‘p shnekli ekstruderlar, ishlab chiqarish liniyalari va jihozlari, xomashyoni kompaundlash, dozalash va tashish tizimlari, shuningdek, plastmassalarni maydalash, yuvish, granullash va qayta ishlash uchun uskunalar namoyish etiladi. Ayrim texnologiyalar tibbiy naychalar, issiqlik izolyatsiyalovchi va bezak panellari, PVX va WPC mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan.
Ishtirokchilar qatorida - RR PLAST EXTRUSIONS (Hindiston), LS-EXTRUSION (Latviya/Xitoy), USEON TECHNOLOGY, EVERPLAST MACHINERY, ACMTECH MACHINERY, SUZHOU JWELL MACHINERY, JIANGSU BEIER MACHINERY, SUZHOU POLYTEC MACHINE, XIECHENG, HEBEI XIRONG MACHINERY TECHNOLOGY, TRINITY, SHANGHAI YUHAO PLASTIC, KAILIDA, LIANSU, KECHUANG MACHINERY, ZHANGJIAGANG SAMSARA MACHINERY (Xitoy) va boshqa kompaniyalar.
Yana bir talab yuqori bo‘lgan segment - bu plastik idishlar ishlab chiqarish uchun puflash uskunalari. Avtomatik va yarim avtomatik mashinalar ichimlik suvi, sharbatlar, o‘simlik yog‘i, maishiy kimyo va boshqa mahsulotlar uchun shisha va boshqa idishlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
AIM TECHNOLOGIES (Hindiston) kompaniyasi mineral suv ishlab chiqarish uchun kompleks yechimni namoyish etadi - PET butilkalarni puflash va quyishdan tortib, yorliqlash va issiqlik bilan qisqaradigan plyonkaga qadoqlashgacha.
Plastmassalarni qayta ishlashning kengayishi belgilangan xususiyatlarga ega mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan polimer xomashyosi, kompaundlar va maxsus qo‘shimchalarga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi.
Plastex Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasida polietilen, polipropilen, PVX, PET, ABS, polistirol, muhandislik plastmassalari, kompaundlar, masterbatchlar, plastifikatorlar, stabilizatorlar, modifikatorlar va boshqa qo‘shimchalar namoyish etiladi.
Ishtirokchilar qatorida - KINGFA, SHANDONG SANYI GROUP, SHANGHAI COLORWAY NEW MATERIAL, QINGDAO COLLET CHEMICAL (Xitoy), PETRO POLYPLAST, RABIN POLYMER, SAB POLYMER (Eron), ISL FURSTENWALDER GMBH (Germaniya), ALVINA L CHEMICAL, TELKO SOLUTIONS (O‘zbekiston), RR Plast Extrusions Pvt. Ltd (Hindiston), PLAS MEC S.R.L. (Italiya), NOVOPLAST TPE (O‘zbekiston) va boshqa kompaniyalar.
Polimer mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sishi qadoqlash ishlab chiqarishining rivojlanishi bilan birga kechmoqda. Plyonka, qoplar, PET-idishlar va boshqa qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘paymoqda, shu bilan birga, ularni ishlab chiqarish uchun uskunalar, materiallar va texnologiyalarga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda.
Ko‘rgazmaning ushbu qismi polimerlar, plastmassalar, qadoqlash va qayta ishlash yo‘nalishlarini birlashtirgan 4P Central Asia - Polymers, Plastics, Packaging, Processing ixtisoslashtirilgan bo‘limi bilan to‘ldiriladi. Bu yerda plyonka va qoplar, PET shisha idishlar, plastik idishlar va stakanlar ishlab chiqarish uchun yechimlar, shuningdek, yorliqlash va qadoqlash texnologiyalari taqdim etilgan.
Xususan, ZHEJIANG CHAOXIN MACHINERY (Xitoy) plyonka va paketlarni ishlab chiqarish va chop etish uchun uskunalarni taqdim etadi. TECHNOLOGIYAI POLYMERI (Tojikiston) LDPE, LLDPE va HDPE polietilen plyonkalarini namoyish etadi. Germaniyaning KOENIG & BAUER KAMMANN kompaniyasi plastik konteynerlarni bezash uchun uskunalar, NEWTOP TRADE kompaniyasi esa qog‘oz stakanlar ishlab chiqarish uchun uskunalar taqdim etadi.
Plastex Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasining o‘tkazilishi bozorning polimer sanoatida ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, samaradorlikni oshirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga bo‘lgan qiziqishining ortib borayotganidan dalolat beradi. Xorijiy professional delegatsiyalar, jumladan, Xitoy, Qozog‘iston, Polsha va Tojikiston vakillari ishtirok etishi kutilmoqda, bu esa yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Rasmiy qo'llab-quvvatlash:
• Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi;
• Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
• “Oʻzkimyosanoat” AJ;
• Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi;
• Toshkent shahar hokimligi.
Tashkiliy ko‘mak:

Ko‘rgazma homiylari:

Rasmiy aviatashuvchi:

Hamkor:

Rasmiy transport va logistika hamkori:

Texnik hamkor:

Bosh informatsion hamkor:

Informatsion ko‘mak:

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling.
Tel: + (998 71) 205 18 18 E-mail: pr@iteca.uz www.plastex.uz