16 Xalqaro «Plastmassalar sanoati – Plastex Uzbekistan 2026» ko’rgazmasi

22 - 24 sentabr 2026, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Press-relizlar

Plastex Uzbekistan 2025: Yubiley ko`rgazmasi rekordlarni yangiladi!

Plastex Uzbekistan 2025

15-yubiley «Plastmassa sanoati – Plastex Uzbekistan 2025» xalqaro ko‘rgazmasi 2025-yil 23–25-sentyabr kunlari Toshkentda katta muvaffaqiyat bilan bo‘lib o‘tdi. Tadbir Iteca Exhibitions kompaniyasining 30-yubiley ko‘rgazma mavsumining kuzgi seriyasini davom ettirdi.

Plastex Uzbekistan 2025 ko‘rgazmasida 10 mamlakatdan 250 ta kompaniya va brend ishtirok etdi: Germaniya, Hindiston, Eron, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston. Ekspozitsiya «O‘zekspomarkaz» MKKning 4 pavilyonini egalladi, bu o‘tgan yilga nisbatan 19% ko‘pdir. Ko‘rgazmani 5 700 dan ortiq kishi, jumladan 4 225 nafar soha mutaxassisi tashrif buyurdi. Bu loyiha tarixidagi yangi rekord bo‘lib, ham mahalliy ishlab chiqarishning, ham xalqaro kompaniyalarning tadbirga va O‘zbekiston bozoriga bo‘lgan qiziqishining barqaror o‘sishini tasdiqlaydi.

Joriy yildan boshlab ko‘rgazma kengaytirilgan formatda — to‘rtta o‘zaro bog‘liq sektorni birlashtiruvchi 4P Central Asia (Plastics, Petrochemicals, Packaging and Printing) formatida bo‘lib o‘tdi. Bunday format tashrif buyuruvchilarga to‘liq ishlab chiqarish tsiklini taqdim etish va sohalar kesishmasidagi yechimlarni topish imkonini berdi.

Yorqin voqealar orasida — eron polipropilen ishlab chiqaruvchilarining milliy ishtiroki, shuningdek, Milliy pavilyon formatida taqdim etilgan xitoy kompaniyalarining keng ko‘lamli ekspozitsiyasi bo‘ldi. Tashrif buyuruvchilar eng yangi texnologiyalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi: granulalash liniyalari va termoplastavtomatlardan tortib qayta ishlash qurilmalari, polimerlar va qadoqlash yechimlarigacha.

15 yil davomida Plastex Uzbekistan ko‘rgazmasida minglab kompaniya va brendlar ishtirok etdi, o‘n minglab mutaxassislar tashrif buyurdi. Bugungi kunda ko‘rgazma O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi sohaning asosiy voqeasi sifatida e’tirof etiladi, u ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va xaridorlarni tajriba almashish, yechimlar izlash va shartnomalar tuzish uchun birlashtiradi.

Ko‘rgazmaning dolzarb mavzusi keng aks-sado berdi: tadbir davlat va xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, kompaniyalar, shuningdek mahalliy va xorijiy top-15 OAVni o‘z ichiga olgan 35 ta manbada yoritildi.

Rasmiy qo‘llab-quvvatlash:

• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi
• O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
• «O‘zkimyosanoat» AJ
• O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
• Toshkent shahar hokimligi

Tashkiliy ko‘mak:
Tashkiliy ko‘mak
Oltin homiy:
Oltin homiy
Kumush homiy:
Kumush homiy
Bosh informatsion hamkor:
Bosh informatsion hamkor
Hamkor:
Hamkor
Rasmiy transport-logistika hamkori:
Transport-logistika hamkori
Texnik hamkor:
Texnik hamkor
Internet hamkor:
Internet hamkor
Informatsion ko‘mak:
Informatsion ko‘mak

Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

22–24-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Plastex Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Ko‘rgazma direktori: Alla Dzyurich — tel: +998 71 205 18 18, www.plastex.uz