15-yubiley Xalqaro «Plastmassalar sanoati – Plastex Uzbekistan 2025» ko’rgazmasi

23 - 25 sentabr 2025, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Press-relizlar

Plastex Uzbekistan 2024 — plastmassalar sanoatining texnologiyalari ko‘rigi


14-Xalqaro “Plastmassalar sanoati – Plastex Uzbekistan 2024” ko‘rgazmasi o‘z ekspozisiyasini 2024 yil 2-4-oktyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKning 3-, 4-pavilyonlari va Atrium 2 zalida namoyish etadi.

Zamonaviy dunyoda plastik va polimer mahsulotlarga – uy-ro‘zg‘or buyumlari va eng oddiy maishiy texnikalardan tortib, avtomobilsozlik va aviasiya sanoatigacha to‘liq ehtiyoj mavjud.

O‘zbekistonda aynan Plastex Uzbekistan ko‘rgazmasi mutaxassislar uchun ham tayyor mahsulotlar, ham plastmassalarni ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun eng yangi uskunalar, kimyo, neft-kimyo, to‘qimachilik va avtomobilsozlik sanoati uchun xom ashyo va boshqalar bilan tanishish uchun uchrashuv joyidir. So‘nggi jahon tendentsiyalari borasida qayta ishlash (plastik chiqindilarni qayta ishlash) tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda va Plastex Uzbekistan 2024 ko‘rgazmasida ushbu istiqbolli yo‘nalish bo‘yicha zamonaviy uskunalar va texnologiyalar namoyish etiladi.

Plastex Uzbekistan ko‘rgazmasiga e'tiborning ko‘rsatkichisi - ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilar sonining doimiy o‘sishidir. 2024 yil ko‘rgazmasida 13 mamlakatdan 218 ta kompaniya ishtirok etmoqda: Avstriya, BAA, Germaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Sloveniya, Turkiya, Turkmaniston, Xitoy, Shveytsariya, Eron, O‘zbekiston, Hindiston. Ushbu ko‘rsatkich uning o‘tkazilishi butun vaqti davomida rekorddir.

Bu yil ko‘rgazmaga ikkita homiy ko‘mak ko‘rsatmoqda: Alvina L Chemical va Sedir Foreign Trade / Yizumi.

Alvina L Chemical — bu sanoat kimyosi va xom ashyo uchun ilg‘or yechimlar. ALVINA L CHEMICAL mahsulotlari qurilish materiallari ishlab chiqarishda, to‘qimachilik va bo‘yoq sanoatida qo‘llaniladigan plastifikatorlardan polietilen va propilengacha bo‘lgan turli xil kimyoviy moddalarni o‘z ichiga oladi.

Sedir Foreign Trade / SEDİR YIZUMI kompaniyasi Plastex 2024 ko‘rgazmasida Markaziy Osiyoda birinchi marta YIZUMI CG-P va P-S3 seriyali yuqori sifatli ko‘p komponentli bosim ostida quymakorlik mashinalarini ilg‘or texnologik innovasiyalar bilan taqdim etadi! Qadoqlash idishlari, IML qadoqlari, maishiy kimyo mahsulotlari, tibbiy mahsulotlar va boshqa yupqa devorli plastmassa mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni va qadoqlash yechimlari taqdim etiladi.

Ko‘rgazmada ilk marotaba Koreya Respublikasi va Turkiya kompaniyalarining jamoaviy stendlari namoyish etiladi.

Koreya Respublikasidan ishlab chiqaruvchilari, ya'ni quyidagi kompaniyalar - Plamix Co.,Ltd, V.F.Korea Corp., Midian Tech Co., Ltd, Polycell Korea Corporation, Daekwang Machinery Co., Ltd va KorM - kimyoviy reagentlar, avtoklavlar, ekstruziya qurilmalari va termoformlash mashinalaritsh taqdim etadi.

Turkiyalik kompaniyalar ekspozisiyasi Turkiyada alyuminiy silos va materiallarni qayta ishlash tizimlarini yetkazib beradigan, stretch plyonkalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash va qayta o‘rash mashinalari, quvurlarni ekstruziya qilish mashinalari, qayta ishlash mashinalari, sovutish guruhlari va kompressorlar, shuningdek, to‘qimachilik kimyoviy moddalari, bo‘yoqlar va masterbatchlarning keng assortimentini ishlab chiqaradigan 5 ta kompaniyani (Endmaksan Mühendi̇sli̇k, Lineplas plastic machinery, MBS Makina Geri Dönüşüm, Sözal Kimya Sanayi ve Ticaret A.Ş., Yildirim Sogutma) taqdim etadi.

An'anaviy ravishda Xitoyning (150 dan ortiq) kompaniyalari keng ishtirok etadi. Ular plastmassa va polimer sanoati uchun turli xil uskunalar va materiallarni, shu jumladan plastmassa plitalar va quvurlarni ekstruziya qilish liniyalarini, ekstruderlarni, plyonkalarni puflash va PET mahsulotlarini shakllantirish mashinalarini va bosim ostida quymakorlik qoliplarini taqdim etadilar. Avtomatik dozalash va tashish tizimlari, termoplastavtomatlar, bosim ostida quymakorlik robotlari, plastmassalarni qayta ishlash uskunalari, shuningdek, xom ashyo, qo‘shimchalar, PVX aralashmalari va turli xil plyonkalar namoyish etiladi.

Yevropaning taniqli kompaniyalari orasida ENGEL, EREMA (Avstriya), Textima Export Import GmbH, IPT INSTITUT FUR PRUFTECHNIK GERATEBAU GMBH & CO. KG, Motan Group, ONI (Germaniya), ALEMO D.O.O. (Sloveniya), Corvaglia (Shveytsariya) namoyish etiladi.

Shunday qilib, plastmassa ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun barcha texnologik zanjir - uskunalar va xom ashyolardan tortib tayyor materiallar va mahsulotlargacha Plastex Uzbekistan 2024 ko‘rgazmasida ko‘rish mumkin.

Kompaniyalar haqida batafsil ma'lumotni ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilar uchun maxsus ishga tushirilgan Iteca Connect ilovasida topish mumkin, bu sizga uchrashuvlarni osongina rejalashtirish, ko‘rgazmada namoyish etilayotgan kompaniyalar faoliyati haqida ma'lumot olish, pavilyon xaritasi yordamida ko‘rgazma bo‘ylab mo‘ljal olish va boshqalar imkonini beradi.

Rasmiy ko‘mak:
- O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi
- O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi
- «O‘zkimyosanoat» uyushmasi
- O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi

Tashkiliy ko‘mak: “O‘zekspomarkaz” MKK AJ

Ko‘rgazma homiylari:

Hamkor:

Rasmiy transport-logistika hamkori:

Texnik hamkor:

Internet hamkor:

Tadbir tashkilotchilari
Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling:
Tel.: + (998 93) 180 03 42, E-mail: pr@iteca.uz, www.plastex.uz