Press-relizlar
Plastex Uzbekistan: 15 yil davomida sanoat uchun barqaror kelajakni birgalikda yaratmoqdamiz

2025-yilning 23–25-sentabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKning barcha pavilyonlarda “Plastmassa sanoati – Plastex Uzbekistan 2025” 15-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Plastex Uzbekistan tarixi 2010-yilda boshlangan, ko’rgazma O‘zbekistonda plastmassa va polimer sanoati mutaxassislarini birlashtirgan birinchi tadbir bo‘ldi. Plastex Uzbekistan boshidanoq texnologiyalarni amalda namoyish etish va g‘oyalarni muvaffaqiyatli loyihalarga aylantirish uchun platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
15 yil ichida ko'rgazma 20 mamlakatdan 1 000 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etdi va 30 807 professional tashrif buyurdi.
Yuqori ishonch darajasini Plastex Uzbekistan koʻp yillar davomida doimiy ravishda ishtirok etib kelayotgan kompaniyalar tasdiqlaydi: Omega Plasto, Jon Wai Machinery Works Co., Haitian, Borche, PowerJet, Meridian-A, Taizhou Huangyan JMT Mould Co., Zhangjiagang Golden Far East Machinery Co., Beier Machinery Group, Ningbo Sanshun Machinery & Technology Co., Ningbo Haida Plastic Machinery Co., Qingdao Leader Machinery Co., Qingdao Weier Plastic Machinery Co., Qingdao Tongsan Plastic Machinery Co., Jiangsu Lianshun Machinery Co.
Bugungi kunda iqtisodiyotning yoki kundalik hayotning plastik va polimer mahsulotlarini talab qilmaydigan sohasini tasavvur qilish deyarli mumkin emas. O‘tgan yillar davomida Plastex Uzbekistan O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi plastmassa va polimerlar bo‘yicha yetakchi ixtisoslashtirilgan tadbirga aylandi, bu yetakchi ishlab chiqaruvchilarning yangi texnologiyalari va ishlanmalari, shuningdek, amaldagi zamonaviy uskunalar namoyishi bilan tanishish imkonini beradi. Ko’rgazma O‘zbekistonda ko‘plab sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga amaliy yordam beradi. Mutaxassislar, korxonalar rahbarlari, tegishli davlat idoralari vakillari plastmassa ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha tayyor mahsulotlar va ilg‘or yechimlar, shuningdek, kimyo, neft-kimyo, to‘qimachilik va avtomobilsozlik sanoati uchun xom ashyo bilan tanishish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ldi.
Uchbu yildan beri ko’rgazma kengaytirilgan formatda – plastmassa, qadoqlash, matbaa va polimerlarni birlashtirgan 4P Central Asia (Plastics, Petrochemicals, Packaging and Printing) formatda o‘tkaziladi. 4P Central Asia ning asosiy maqsadi ishlab chiqarish zanjirining to‘liq siklini va turdosh tarmoqlarning o‘zaro ta’sirini ko‘rsatuvchi kompleks yechimlarni taklif qilishdan iborat.
Plastex Uzbekistan 2025 ko‘rgazmasida Germaniya, Hindiston, Eron, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, Rossiya, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekistondan 250 ta kompaniya va brendlar ishtirok etadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga ko‘pdir. Ko‘rgazma “O‘zekspomarkaz”ning to‘rtta pavilyonda o‘tkaziladi. Bu ko‘rgazma tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir.
Bu yil Plastex Uzbekistan ikki homiy tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda: Sedir Yizumi (oltin) va Alvina L Chemical (kumush). Sedir Foreign Trade ko‘rgazmada o‘zining yuqori aniqlikdagi YIZUMI inyeksion kalıplama uskunasini taqdim etadi. Alvina L Chemical kimyo va plastmassa sanoati uchun ilg'or yechimlarni taklif etadi.
Eronning yetakchi polipropilen ishlab chiqaruvchilarini taqdim etamiz: Arvin Sannat Etehad, Gahar Granule Kavir, Jam Petrochemical, Marun Petrochemical Company, Masoom Granule, Petro Polyplast Co., Rabin Tarh Hiva, Saber Polymer, Shams Javid Arvand, Tabriz Petrochemical.
Milliy pavilyon doirasida Xitoy ishlab chiqaruvchilari plastmassa sanoati uchun keng qamrovli yechimlarni taqdim etadilar — ekstruziya liniyalari, termoplastavtomatlar, press-formalar va bosim ostida quyish uskunalaridan tortib qayta ishlash uskunalari, kimyoviy qo‘shimchalar, polimerlar, o‘rov yechimlari va tayyor plastik mahsulotlargacha.
2025-yilgi ko‘rgazma nafaqat ishtirokchilar soni bo‘yicha, balki namoyish etilayotgan uskunalar ko‘lami bo‘yicha ham rekord darajadagi voqea bo‘ladi: 2-pavilyonda robototexnika va avtomatlashtirishni ishlab chiqarish jarayonlariga integratsiyalash imkonini beruvchi sanoat liniyalari va alohida o‘rnatishlar, jumladan, qayta ishlash uskunalari namoyish etiladi. Ko‘rgazma o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga intilayotgan kompaniyalar uchun aniq vazifalar uchun yechimlarni tanlash uchun amaliy platforma bo‘ladi.
1-pavilyonda xomashyo va materiallar: polimerlar, neft-kimyo sanoati mahsulotlari, granulalar, superkonsentratlar, stabilizatorlar, PVX qo‘shimchalari, bo‘yoqlar, pigmentlar va kimyoviy reagentlar taklif etuvchi kompaniyalar namoyish etiladi. Bu yerda tashrif buyuruvchilar ishlab chiqarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarni – asosiy xomashyodan tortib, plastik mahsulotlarning mustahkamligi va chidamliligini oshiradigan innovatsion yechimlargacha topiladi.
Alohida bo'limda tayyor plastik mahsulotlar, qadoqlash, PVX, PET va boshqa materiallardan tayyorlangan buyumlar, shuningdek, xom ashyodan tayyor mahsulotgacha bo'lgan butun ishlab chiqarish siklini qamrab oluvchi poligrafiya uskunalari mavjud. Bularning barchasi 3 va 4-pavilyonlarda namoyish etiladi.
Ko‘rgazma ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan Iteca Connect ilovasida ko‘rgazma ishtirokchilari haqida ko‘proq ma’lumot olishingiz mumkin. U uchrashuvlarni oson rejalashtirish, ko‘rgazmada ishtirok etayotgan kompaniyalar faoliyati bilan tanishish, pavilyon xaritasidan foydalanib ko‘rgazma bo‘ylab harakatlanish va boshqa ko‘p narsalarni amalga oshirish imkonini beradi.
Rasmiy ko’mak:
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi
- O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
- “O‘zkimyosanoat” uyushmasi
- O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
- Toshkent shahar hokimligi
Tashkiliy ko’mak:

Ko‘rgazma homiylari:
Oltin homiy:

Kumush homiy:

Bosh axborot hamkori:

Hamkor:

Rasmiy transport va logistika hamkori:

Texnik hamkor

Internet hamkor:

Axborot ko’magi

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling
Tel: + (998 71) 205 18 18
E-mail: pr@iteca.uz; www.plastex.uz