17-Xalqaro ko‘rgazma «Plastmassa sanoati – Plastex Uzbekistan 2027» 2027-yil 21–23 sentabrda

21 - 23 sentabr 2027, O`zekspomarkaz MKK / Toshkent, O`zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekistonda umumiy qiymati 28 million dollarlik pigmentli bo‘yoqlar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi

Hukumat komissiyasi 28 million AQSH dollariga teng pigmentli bo‘yoqlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi amalga oshirilayotgan “ZHONGTIAN SILICON CHEMICAL” korxonasiga tashrif buyurdi.

2025-yilda ishga tushirilgan va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan mazkur loyiha 3,6 gektar maydonni egallab, loyiha quvvati yiliga 10 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish, 130 ta yangi ish oʻrni yaratish imkonini beradi.

Tashrif davomida korxona rahbariyati hal qilinishi kerak bo‘lgan ikkita asosiy masalani belgilab oldi: auksion orqali olingan yer uchastkasi bo‘yicha shartnomani rasmiylashtirish va stansiya hududidan o‘tuvchi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ini boshqa joyga ko‘chirish.

Hukumat komissiyasi yer va infratuzilma masalalarini o‘z vaqtida hal etish ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish imkoniyatlariga, loyiha xavfsizligi va barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab, tegishli idoralarga ushbu masalalarni samarali ishlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.



Manba