Yangiliklar
O‘zbekistonda ayrim tovarlarni qayta ishlatish talab etiladi
Chora atrof-muhitga yordam berishi kerak.O‘zbekistonda majburiy qayta ishlanishi lozim bo‘lgan tovarlar ro‘yxati ishlab chiqildi, deb xabar bermoqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.
Roʻyxatda plastmassa, qogʻoz, metallar, shisha, kompozit materiallar, batareyalar va akkumulyatorlar, qurilish chiqindilari uchun kod raqamlari va belgilar mavjud.
Qayd etilishicha, chiqindilarni qayta ishlash ikkilamchi xomashyodan samarali foydalanish imkonini beradi, bu esa atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga ham xizmat qiladi. Roʻyxat bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
O‘zbekiston tibbiy chiqindilardan issiqlik energiyasi ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani avvalroq xabar qilingan edi. Loyiha investitsiya shartnomasi doirasida amalga oshirilmoqda.