Yangiliklar
2 oy ichida O`zbekiston 9 mamlakatga polietilen eksport qildi
2024-yilning yanvar-fevral oylarida polietilen eksporti 2023-yilning mos davriga nisbatan 13 foizga oshdi.Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2024 yilning yanvar-fevral oylarida O'zbekiston xorijga 34 million dollarlik 42,8 ming tonna polietilen eksport qilgan.
Polietilen eksporti 2023 yilning tegishli davriga nisbatan 4,9 ming tonnaga oshdi.
2024 yilning yanvar-fevral oylarida O'zbekiston polietilenni 9 mamlakatga sotdi.
O'zbekiston 2024 yilning dastlabki 2 oyida eng ko'p polietilen eksport qilgan mamlakatlar:
1. Turkiya-23 ming tonna;
2. Latviya 5,6 ming tonna;
3. Xitoy-4,4 ming tonna;
4. Rossiya-4,3 ming tonna;
5. Qozog'iston 4,1 ming tonna.